15:26 / 06.07.2018
3 491

Rossiyaga muxlislik qilgan ukrainalik futbolchi jamoadan haydaldi (foto)

Rossiyaga muxlislik qilgan ukrainalik futbolchi jamoadan haydaldi (foto)
Ukrainaning «Karpati» futbol klubi yoshlar jamoasi darvozaboni Mixail Gotra jamoadan chetlatildi. Bu haqda jamoa muxlislar portalida xabar berilgan.

Manba xabarida qayd qilinishicha, futbolchi Rossiya terma jamoasining JCh-2018 1/8 finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yini vaqtida rus jamoasini qo‘llab-quvvatlab ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan. Shuningdek murabbiy Stanislav Cherchesovni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus mo‘ylovlilar fleshmobida ham ishtirok etgan.

​Foto: Instagram
Bundan xabar topgan ukrain jamoasi rahbariyati 18 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyaga muxlislik qilgan ukrainalik futbolchi jamoadan haydaldi (foto)