00:34 / 06.07.2018
3 165

JCh 2018. Chorak finalchilar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Xo‘sh nega?

JCh 2018. Chorak finalchilar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Xo‘sh nega?
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan mundialning chorak finaliga chiqqanlar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Sababi barcha juftliklarda yuksak darajada o‘ynaydigan va o‘rtamiyona deb hisoblansa-da, baribir yaxshi futbol ko‘rsatadigan terma jamoalar bor. Bu haqida belaruslik taniqli sport sharhlovchisi Oleg Dmitriyev to‘xtalib o‘tdi.

“Fransiya – Urugvay juftligida to‘p bilan ishlash bo‘yicha muvaffaqiyat qozongan ikkita turli maktab bir-biriga duch keladi. Agar Urugvay – bu to‘p nazorati va keskin qarshi hujumlari bilan ishonchli himoya bo‘lsa, Fransiya tezlik va hujumchilarning ajoyib harakatlaridir”, dedi u.

Ekspertning fikricha, Braziliya va Belgiya juftligi bir tomondan “matchning brazilcha notekislikda olib borilishi”, ya’ni gol urdi, tezlikni yo‘qotdi, dam oldi va yana gol urdi qabilida bo‘lsa, boshqa tomondan Yaponiyaning “og‘zidan” g‘alaba oshini tortib olgan belgiyalik pishiq professionallardir. Ular bu ishni malaka va taktik sxemalarsiz uddalay olmagan bo‘lar edi.

“Rossiya va Xorvatiya juftligi. Ha, xorvatiyaliklar bu chempionatda kuchliroq, biroq Rossiya o‘z o‘yinini topishga intilmoqda hamda muvaffaqiyatga erishayotir. Agar o‘tgan natijalarga qaraydigan bo‘lsak, har ikki jamoada ham mag‘lubiyat bor, shuning uchun kurash teng bo‘ladi”, deya qayd etdi Dmitriyev.

“Angliya – Shvetsiya juftligiga kelsak, yosh inglizlar o‘ziga xosdek ko‘rinyapti. Ammo Kolumbiyaga qarshi kechgan bahs jamoada harakatlar va shunchaki suratlar paydo bo‘lganini ko‘rsatdi. Agar Shvetsiya qat’iy mudofaaga “yotib” olmasa, inglizlar maydonda yetakchi bo‘lishlari mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Manba: Xalq so‘zi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh 2018. Chorak finalchilar ro‘yxati unchalik ajablanarli emas. Xo‘sh nega?