08:27 / 10.07.2018
3 168

Superliga. «Lokomotiv» Qo‘qondan g‘alaba bilan qaytadi, «Bunyodkor» ishonchli tarzda «Qizilqum»ni yengdi

Superliga. «Lokomotiv» Qo‘qondan g‘alaba bilan qaytadi, «Bunyodkor» ishonchli tarzda «Qizilqum»ni yengdi
Superligada 16-tur o‘yinlari yakunlandi. «Lokomotiv» safarda «Qo‘qon-1912» bilan bellashdi.

4-daqiqadayoq «temiryo‘lchilar» hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Biroq, Marat Bikmayevning penaltidan yo‘llagan zarbasini darvozabon O‘tkir Yusupov qaytara oldi. 36-daqiqada Sadriddin Abdullayev uzoq masofadan zarba yo‘llab, chiroyli gol bilan hisobni ochdi. 56-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, Sardor Rashidov shaxsiy mahorat evaziga chiroyli gol urib, «Lokomotiv»ga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 25 ochko bilan 4-o‘rinda, «Qo‘qon-1912» esa 15 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 16-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) - «Lokomotiv» (Toshkent) - 1:2
Gollar:
Murod Xolmuhamedov (59 pen) - Sadriddin Abdullayev (37), Sardor Rashidov (86)
Amalga oshirilmagan penalti: Marat Bikmayev («Lokomotiv», 4, darvozabon )

«So‘g‘diyona» o‘z maydonida «Metallurg» bilan bellashdi va kichik hisobda yutqazdi. Yagona gol 41-daqiqada Zohid Abdullayev tomonidan urildi.

Bu natijadan so‘ng, «Metallurg» 23 ochko bilan 6-o‘rindagi mavqesini mustahkamladi, «So‘g‘diyona» esa 12 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

So‘g‘diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod) - 0:1
Gol:
Zohid Abdullayev (41)

«Bunyodkor» o‘z maydonida «Qizilqum» bilan bellashdi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Bunyodkor» 29 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. «Qizilqum» 16 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) - 2:0
Gollar:
Javlon Ibrohimov (8 pen), Filip Rayevats (83)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Lokomotiv» Qo‘qondan g‘alaba bilan qaytadi, «Bunyodkor» ishonchli tarzda «Qizilqum»ni yengdi