08:30 / 13.07.2018
4 025

O‘zbekiston yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
Xabaringiz bor O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz “CAFA U-16 championship” mintaqa chempionati o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Usmon Toshev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalarini mag‘lub etib musobaqa g‘olibiga aylanishdi.

UFA rasmiy saytining xabar berishicha joriy yilning 22-30 iyul kunlari Toshkent shahri Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilinayotgan yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi. O‘smirlar va yoshlar futbolini rivojlantirish dasturi asosida bu safar “CAFA U-15 championship” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradilar. Bahslar “Milliy”, “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” stadionlarida o‘tkaziladi.

“CAFA U-15 championship” musobaqasining o‘yinlari taqvimi:
22.07.2018 18:30 Turmaniston – O‘zbekiston (“Milliy” stadioni)
22.07.2018 21:00 Qirg‘iziston – Eron (“Milliy” stadioni)
22.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Tojikiston (“Lokomotiv” stadioni)

24.07.2018 18:30 O‘zbekiston – Tojikiston (“Lokomotiv” stadioni)
24.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)
24.07.2018 21:00 Turkmaniston – Eron (“Paxtakor” stadioni)

26.07.2018 18:30 Tojikiston – Turkmaniston (“Milliy” stadioni)
26.07.2018 21:00 Eron – Afg‘oniston (“Milliy” stadioni)
26.07.2018 21:00 O‘zbekiston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)

28.07.2018 18:30 Qirg‘iziston – Tojikiston (“Milliy” stadioni)
28.07.2018 21:00 Eron – O‘zbekiston (“Milliy” stadioni)
28.07.2018 21:00 Afg‘oniston – Turkmaniston (“Paxtakor” stadioni)

30.07.2018 18:30 Tojikiston – Eron (“Milliy” stadioni)
30.07.2018 21:00 Turmaniston – Qirg‘iziston (“Lokomotiv” stadioni)
30.07.2018 21:00 O‘zbekiston – Afg‘oniston (“Milliy” stadioni)

Manba: sports. uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi