09:56 / 13.07.2018
4 281

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibga qarshi jang qiladi

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibga qarshi jang qiladi
Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekistonda 15 iyul tongda) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi.

Shu kuni bokschimizga meksikalik bokschi Daniel Echeverriya raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Echeverriya prof ringda shu kungacha 24ta jang o‘tkazgan va ularning 19tasida g‘alaba qozongan (17tasi nokaut bilan). 5ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (2tasi nokaut). Shahram G‘iyosov esa ikkita jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham g‘alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini nokautga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov meksikalik raqibga qarshi jang qiladi