13:53 / 13.07.2018
3 646

Murodjon Ahmadaliyev ertaga ringga chiqadi

Murodjon Ahmadaliyev ertaga ringga chiqadi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida o‘tkazadi.

Mazkur jangda hamyurtimizga argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringga 2014 yili qadam qo‘ygan va shu vaqtga qadar 12 tajang o‘tkazib, 7 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Murodjon professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni argentinalik David Michel Pazga (4-4-1) qarshi o‘tkazib, nokautga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi jangida yana bir argentinalik Karlos Suaresni (7-4-3) texnik nokautga uchratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev ertaga ringga chiqadi