08:30 / 14.07.2018
3 782

JCh-2018 finaliga 10 dan ko‘proq davlat rahbari kelishi kutilmoqda

JCh-2018 finaliga 10 dan ko‘proq davlat rahbari kelishi kutilmoqda
15 iyulda Moskvadagi “Lujniki” stadionida jahon chempionatining finali bo‘lib o‘tadi. Finalda Fransiya va Xorvatiya to‘qnash keladi.

“Ushbu uchrashuvda ko‘plab xorijiy mehmonlar bo‘ladi. Taxminan 11-12 nafar prezident, bir necha bosh vazir va yuqori lavozimdagi boshqa kishilar bo‘ladi”, deb aytgan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin finalga keladigan davlatlar yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Ular orasida Falastin, Gabon, Sudan, Moldova, Vengriya, Qatar, Fransiya va Xorvatiya rahbarlari bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 finaliga 10 dan ko‘proq davlat rahbari kelishi kutilmoqda