20:25 / 14.07.2018
4 319

Fransiya Prezidenti Moskvaga o‘zi bilan futbolchilarni olib kelmoqchi

Fransiya Prezidenti Moskvaga o‘zi bilan futbolchilarni olib kelmoqchi
Xabaringiz bor, Rossiyada futbol bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionati finalida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib boradi.

Ana shu bahsni bevosita stadionda turib kuzatish uchun Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Moskvaga kelishi kutilmoqda.

E’tiborli jihati, Emmanuel Makron jahon chempionati finaliga futbolchilar Loran Koselni va Dimitri Payetni ham taklif qilgan.

Ular milliy terma jamoaning a’zolari hisoblanadi. Ammo jarohat tufayli jahon chempionatiga olib kelinmagan. Makron Koselni va Payetning Fransiya terma jamoasi oldidagi xizmatlari yuqori baholab, ularga finalga rasmiy delegatsiya bilan birga borishi yuzasidan taklifnoma yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya Prezidenti Moskvaga o‘zi bilan futbolchilarni olib kelmoqchi