22:58 / 15.07.2018
4 296

JCh-2018. Fransiya – jahon chempioni!

JCh-2018. Fransiya – jahon chempioni!
JCh-2018 musobaqasining finalidan o‘rin olgan Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda fransuzlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv kutilmaganda xorvatlarning hujumi bilan boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish fransuzlarga nasib etdi. 18-daqiqada Fransiya standart vaziyatdan unumli foydalandi: Antuan Grizmanning uzatmasidan so‘ng Mario Manjukich boshi bilan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Xorvatiya muvozanatni tiklashga erishdi. Standart vaziyatdan so‘ng Ivan Perishich jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga o‘nglab kuchli zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay “uchranglilar” yana hisobda oldinga chiqib olishdi, uchrashuv hakami videotakrorlardan so‘ng Xorvatiya darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Grizmann aniq ijro etdi.

Ikkinchi bo‘lim ham Xorvatiyaning hujumlari bilan boshlandi va taymning ilk daqiqalari Fransiya jarima maydoni atrofida kechdi. 59-daqiqada Pol Pogba jarima maydonidan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi va jamoasining uchinchi golini urdi.

Bu goldan o‘ziga kelishga ulgurmagan xorvatlar yana o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Lyuka Ernandesning uzatmasidan so‘ng Kilian Mbappe to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va chamasi 22 metrlardan darvozani aniq nishonga oldi.

69-daqiqada Ugo Loris kutilmaganda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p Manjukichning oyog‘iga tegib darvozadan joy oldi – 4:2.

Shu bilan o‘yin so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmadi va Fransiya o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

JCh-2018
Final

Fransiya – Xorvatiya 4:2 (2:1, 2:1)

Gollar:
1:0 – 18, avtogol Mandjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Mandjukich.

Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pyatsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Mandjukich.

Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Fransiya – jahon chempioni!