14:30 / 17.07.2018
3 931

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori kim bo‘lishi ma’lum qilindi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori kim bo‘lishi ma’lum qilindi
Kelasi oy Jakarta shahrida boshlanadigan Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida Isroil Madrimov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori bo‘ladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov to‘rt yil oldingi Osiyo o‘yinlarida finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida ushbu vazifa dzyudochi Rishod Sobirovga ishonib topshirilgandi.

XVIII Osiyo o‘yinlari 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar davom etadi. Unda sportning 40 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori kim bo‘lishi ma’lum qilindi