10:10 / 19.07.2018
3 792

Baxtiyor Ashurmatov: “Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadik, lekin...”

Baxtiyor Ashurmatov: “Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadik, lekin...”
Superliga 17-turidan olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
- Afsuski, jamoamiz birinchi bo‘limda mazmunsiz o‘yin ko‘rsatishdi. Bu yerda murabbiylarning xatosi bor. Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadik. Lekin hisob 0:2 bo‘lib ulgurgandi. Trifunovich gol urganida vaziyat boshqacha bo‘lardi. Mag‘lubiyatning asosiy sababi birinchi bo‘limda bo‘sh o‘ynaganimiz bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun yaxshi harakat qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

Hozirgi holatda bahona qidirish yarashmaydi. Natijani yaxshilash uchun harakat qilishimiz lozim. Murabbiy natija uchun javob berishini unutmagan ma’qul.

Manba: kokand1912.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: “Ikkinchi taymda yaxshi o‘ynadik, lekin...”