06:30 / 21.07.2018
3 409

“Paxtakor” 19-20 turdagi o‘yinlariga jahon chempionatida ishlagan xorijlik hakamlar tayinlandi

“Paxtakor” 19-20 turdagi o‘yinlariga jahon chempionatida ishlagan xorijlik hakamlar tayinlandi
PFL Superliga o‘yinlarini boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati o‘yinlarida ishlagan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi.

PFL sayti xabariga ko‘ra, 19-turdan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinini bahraynlik Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. U mundialda 2 ta o‘yinda ishlagan.

Shuningdek, 20-turdan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” bahsini eronlik Alirizo Fag‘oniy boshqaradi. U jahon chempionatida 4ta o‘yinda ishlagan.

Superliga, 19-tur
28 iyul, shanba
“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Xalifa (har ikkalasi Bahrayn)

Superliga, 20-tur
1 avgust, chorshanba
“Paxtakor” — “Lokomotiv”
Bosh hakam:
Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (har ikkalasi Eron)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” 19-20 turdagi o‘yinlariga jahon chempionatida ishlagan xorijlik hakamlar tayinlandi