17:14 / 23.07.2018
3 228

O‘zilning Germaniya terma jamoasidan ketishi to‘g‘ri qarormi?

O‘zilning Germaniya terma jamoasidan ketishi to‘g‘ri qarormi?
“Arsenal” yulduzi xalqaro faoliyatiga yakun yasaganini ma’lum qildi. Bu holat Germaniya termasining so‘nggi Mundialda ko‘rsatgan yomon natijalari fonida ro‘y bergani biroz achinarli holat. Quyida uning iste’fosiga oid batafsil ma’lumotlarni tahlil qilamiz.

Germaniya terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida alamli tarzda chiqib ketganidan keyin Germaniya Futbol Assotsiatsiyachi prezidenti Reynxard Grindel Mesut O‘zildan musobaqa arafasida nima sababdan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashgani borasida rasmiy bayonot talab qildi. Grindelga esa futbolchi tomonidan u istagan bayonot berildi, keragidan ham ortiq. O‘zil uch qismdan iborat maktubida dastlab Erdog‘an bilan uchrashuvi mazmuni, OAV tanqidi va xalqaro faoliyatiga yakun yasaganini ma’lum qildi.

Bayonot kuchli chiqdi, unda 29 yoshli futbolchi nega aynan hozir Germaniya termasidan ketmoqchiligini aniq ko‘rsatdi. 80 yilda birinchi marta “nemis mashinasi” Mundialning guruh bosqichida qolib ketdi. Biroq bunda barchasi uchun bosh murabbiy Yoaxim Lyov yoki GFF ni ayblash o‘rniga, asli turk bo‘lgan O‘zil nemis futboli mutasaddilari Oliver Birxoff va Grindelni aybladi.

Jahon Chempionati boshlanishi arafasida kelib chiqishi turk bo‘lgan futbolchilar – O‘zil va Ilkay Gyundogan Turkiya prezidenti bilan Londonda suratga tushgani haqidagi fotosuratlar OAVda tarqaldi. Ko‘pchilik ularni futbol va siyosatni aralashtirayotganlikda aybladi. Gyundogan shu zahotiyoq bu uchrashuv siyosiy ruxda bo‘lmaganini alohida ta’kidladi. O‘zilning bergan bayonoti ham Gyundoganni qo‘llab-quvvatladi.

“Mayda men prezident Erdog‘an bilan Londonda xayriya va ta’limga oid kecha davomida uchrashdim. Biz birinchi marta 2010-yilda u va Angela Merkel Germaniya – Turkiya uchrashuvida ko‘rishgan edim” – deyiladi bayonotda.

Mundialdan oldin va davomida ham “Arsenal” vakili o‘zini bu holatlardan uzoqroq masofa saqlashga urindi. Biroq Germaniyaning Jahon Chempionatidagi yomon ishtiroki eski gaplarni qayta alanga oldirdi. Futbol muxlislari uni Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida xushtakbozlik bilan qarshiladi. Rossiyada esa Mesutning Germaniya madhiyasini kuylamasligi unga bo‘lgan nafratni yanada kuchaytirib yubordi.

Bayonotining uchinchi qismida O‘zil termadan ketishiga asosiy sabab sifatida – irqchilikni keltirdi.

“So‘nggi voqealar sababli aytishim kerakki men ortiq xalqaro darajada Germaniya termasida o‘ynay olmayman. Chunki men irqchilik va hurmatsizlikni his qilyapman.”

“Men Germaniya libosini g‘urur bilan kiyganman, endi unday emas. Bu qarorni qabul qilish juda og‘ir chunki men jamoadoshlarim, murabbiylar shtabi va Germaniyaning yaxshi odamlari uchun borimni berganman.”

2009-yilda Germaniya safida debyutini o‘tkazganidan keyin Mesut O‘zil shu yilning iyunigacha qariyb 100 o‘yinda maydonga tushdi. Bu vaqt ichida u termasiga 2014-yilda Jahon Chempioni bo‘lishiga yordam berdi. Shuningdek, besh marta Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jahon Chempionati tugaganidan keyin GFF da birorta kishi o‘z ishini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha, O‘zildek iqtidorli futbolchi qurbon qilindi. Aslida Mundilda qarorlar bo‘yicha ko‘plab xatolar mavjud edi. Ayniqcha, Leroy Sane va Vagnerlar tarkibga kiritilmagani ancha bahsli. Qolversa, guruh bosqichining har bir o‘yinida kuzatilgan asosiy tarkibdagi xatolar...

GFF va Germaniyada ko‘plab xato tanlovlar bor edi, ular O‘zilga ham boshqa tanlov bermadi.
Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zilning Germaniya terma jamoasidan ketishi to‘g‘ri qarormi?