18:41 / 23.07.2018
4 647

Osiyo o‘yinlari-2018. Futbol musobaqasiga tashlangan qur’a bekor qilindi

Osiyo o‘yinlari-2018. Futbol musobaqasiga tashlangan qur’a bekor qilindi
Xabaringiz bor, 18 avgust - 2 sentyabr kunlari Indoneziyada navbatdagi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 5 iyul kuni Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasining guruh bosiqchiga qur’a tashlangan edi.

Biroq bugun musobaqa tashkilotchilari o‘sha qur’ani bekor qilishdi. Bunga sabab BAA va Falastin terma jamoalarining ham musobaqaga qo‘shilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida ma’lum qildi.

Endi Osiyo o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqasida 26ta jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar 6ta guruhga ajratiladi. Ikkita guruhda 5tadan, 4ta guruhda 4tadan jamoa bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlari-2018. Futbol musobaqasiga tashlangan qur’a bekor qilindi