07:30 / 24.07.2018
3 566

«Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni yirik hisobda yengdi

«Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni yirik hisobda yengdi
Repsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Metallurg” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Tiago Bezerra burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Shuningdek, o‘yin so‘nggida Ismoil Gonsalvesh ikkita gol urib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalidagi karvonboshilikni davom ettirmoqda.

Repsi Superliga, 18-tur

“Paxtakor” – “Metallurg” 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar:
1:0 – 24 Bezerra, 2:0 – 90, penalti Gonsalvesh, 3:0 – 90+3 Gonsalvesh.

"Paxtakor":
Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak (Farrux Sayfiyev, 74), Sherzod A’zamov, Yegor Krimets, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Ismoil Gonsalvesh, 85), Jasur Yaxshiboyev, Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 64), Tiago Bezerra.

"Metallurg": Zafar Safoyev, Zoir Jo‘raboyev (Abror Husinov, 68), Abror Toshqo‘ziyev, Jasur Hasanov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hoshimov (Shahzod Shaymanov, 62), Andrey Shipilov, Sherzod Fayziyev, Muhammad Isayev (Zohid Abdullayev, 78), Bahodir Pardayev, Otabek Zokirov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni yirik hisobda yengdi