08:01 / 24.07.2018
3 469

«Nasaf» Qarshida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

«Nasaf» Qarshida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi
Repsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Bobir Abduholiqov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa, “Nasaf” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 23taga yetkazib olgan holda qzqonliklardan (21) o‘zib ketdi.

Repsi Superliga, 18-tur

“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 1:0 (0:0, 0:0)

Gol:
1:0 – 66 Abduxoliqov.

“Nasaf”: 31. Sanjar Quvvatov, 4. Maqsud Karimov, 5. G‘olib G‘aybulloyev, 7. Odil Hamrobekov, 10. Bobur Abduxoliqov, 14. Sharof Muhiddinov, 15. Dilshod Saitov, 18. Bobur Davlatov (27. Islom Rashidxonov, 58), 20. Islom Kenjaboyev (9. Amir Safarov, 58), 31. Saydullo Rahmatov, 92. Umar Eshmurodov.

“Qo‘qon-1912”:
1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (55. Darko Gojkovich, 61), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 96. Muhammadanas Hasanov (19. Suhrob Berdiyev, 44).

Ogohlantirishlar: Kenjaboyev 28, Rustamov 58, Hakimov 63.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» Qarshida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi