08:28 / 24.07.2018
3 803

«AGMK» Jokichning dubli evaziga «Buxoro»ni taslim etdi

«AGMK» Jokichning dubli evaziga «Buxoro»ni taslim etdi
Repsi Superliganing 18-turidan o‘rin olgan AGMK - “Buxoro” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li balandi keldi.

30-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Shavkat Mullajonov o‘z jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Yovan Jokich aniq bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi.

73-daqiqada Jokich raqib darvozasini aniq nishonga olgan holda, o‘yindagi dublini nishonladi.

Shu tariqa, AGMK Superligadagi g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Repsi Superliga, 18-tur

AGMK – “Buxoro” 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar:
1:0 – 30, penalti Jokich, 2:0 – 73 Jokich.

AGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Zohir Pirimov (Jamshid Hasanov, 76), Vladimir Bubanya, Milosh Trifunovich, Vladislav Kasminin, Abdumalik Abdullayev (Lutfulla To‘rayev, 51), Yovan Jokich.

"Buxoro":
Akmal Tursunboyev, Boburjon Omonov, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov (Javohir Qahramonov, 61), San’at Shixov, Behruz Shodmonov, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov (Aziz Ibragimov, 53), Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Vadim Chemirtan (Shahboz Erkinov, 57).

Ogohlantirishlar: Shodmonov (28), Omonov (56), Erkinov (85).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «AGMK» Jokichning dubli evaziga «Buxoro»ni taslim etdi