23:07 / 24.07.2018
3 610

Superliga. “Bunyodkor” “Navbahor”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Bunyodkor” “Navbahor”ni mag‘lub etdi
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Navbahor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 32-daqiqada Mirzohid G‘ofurov - Sherzod Karimov - Azizbek Turg‘unboyev kombinatsiyasini Ro‘zimboy Ahmedov gol bilan yakunladi - 0:1.

O‘yinning 38-daqiqasida Dilshod Ahmadaliyev jarima maydoni tashqarisida to‘pni egallab kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.

57-daqiqada Javlon Ibrohimovning to‘p uzatishidan keyin Filip Rayevats birga bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni Akbar To‘rayevning ustidan oshirib darvozaga yo‘llab qo‘ydi - 2:1.

18-tur
24 iyul, seshanba

“Bunyodkor” - “Navbahor” 2:1

Gollar:
Ro‘zimboy Ahmedov 32, - 0:1 (Azizbek Turg‘unboyev). Dilshod Ahmadaliyev 38, - 1:1. Filip Rayevats 57, - 2:1 (Javlon Ibrohimov)

“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G‘ofurov (5.Dilshod Jo‘rayev, 41), 7.Dilshodbek Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 61), 8.Javlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 30.Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (77.Azizbek Haydarov, 72), 99. Filip Rayevats.
Zahira: 25.Murodjon Zuhurov, 9.Shahzodbek Nurmatov, 10.Abdulla Abdullayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 15.Farrux Ikramov.

“Navbahor”:
45.Akbar To‘rayev, 6.Oston O‘runov, 7.Sherzodbek Karimov (14.Ilhom Boydedayev, 80), 10.Azizbek Turg‘unboyev, 17.Sardor Sulaymonov, 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zamjon Aliyev, 22.Ro‘zimboy Ahmedov (30.Darko Nikach, 62), 24.Davronbek Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich.
Zahira: 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 8.Ayubxon Nomonov, 9.Dilshod Jabborov, 15.Azamat Allaniyozov, 33.Tomislav Payovich, 99.Sarvar Soliyev.

Ogohlantirish: Sardor Sobirxo‘jayev 73.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Bunyodkor” “Navbahor”ni mag‘lub etdi