00:07 / 25.07.2018
3 484

CAFA U-15 championship. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham yirik g‘alabaga erishdi

CAFA U-15 championship. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham yirik g‘alabaga erishdi
“CAFA U-15 championship” musobaqasi ikkinchi turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin yakuniga yetdi.

1-turda turkmanistonlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston U-15 terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan Azamat Abduraimov shogirdlari yakunda yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Terma jamoamiz tarkibida gollarga Shahzod Akramov (2ta) va Murodbek Xo‘jamberdiyev mualliflik qilishdi.

Ikkinchi uchrashuvda Eron U-15 terma jamoasi Turkmanistonni 5:0 hisobida taslim etdi.

“CAFA U-15 championship”.

O‘zbekiston U-15 – Tojikiston U-15 3:0

Gollar:
Shahzod Akramov (16,26), Murodbek Xo‘jamberdiyev (61)

O‘zbekiston U-15: Vazgen Pogosyan, Azizjon Toshkenboyev, Tohir To‘xtasinov, Kiril Todorov, Murodbek Xo‘jamberdiyev, Oblayorbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Samandar Jo‘rabekov, Abduqodir Husanov, Asadbek Qahhorjonov, Nodirbek Abdurazzoqov.

Tojikiston U-15: A.Sodatsairov, F.Olimzoda, S.Safarov, D.Akramov, A. Xaitov, S.Irgashev, P.Xurshedzoda, M.Asoyev, M.Saidov, H.Hakimjoniy, A.Mehruboniy

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA U-15 championship. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda ham yirik g‘alabaga erishdi