09:30 / 25.07.2018
5 673

Iqboljon Xoldorov: "Boks - mening taqdirim"

Иқболжон Холдоров: "Бокс - менинг тақдирим"
Andijon boks maktabi an’analarini davom ettirayotgan yosh iqtidorli bokschi Iqboljon Xoldorov yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga ko‘ra “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. SPORTS.uz muxbiri esa ushbu yuksak nomga sazovor bo‘lgan kelajagi porloq bokschi bilan suhbatlashdi.

– Iqboljon, mukofotlar muborak! Ushbu navbatda­gi mukofotni qanday qabul qildingiz?

– Men bu mukofotni “nav- batdagi” demagan bo‘lar edim. Negaki “Mard o‘g‘lon” – bu Dav­lat mukofoti bo‘lib, prezi­dentimiz tashabbuslari bilan ta’sis etilgan mukofot sana­ladi va ilk bor taqdim etildi. Ushbu mukofotning nufuzi va qamrovi ham yuqori bo‘lib, bi­rinchi bo‘lib olganimdan mam­nunman. Albatta, ushbu davlat mukofotiga meni tavsiya et­ganlarining boisi – sport­dagi yutuqlarim, O‘zbekiston bayrog‘ini dunyo miqyosidagi musobaqalarda yuqoriga ko‘tarishim, mamlakatimiz­ning boks bo‘yicha obro‘sini yanada yuksaltirishga hissamni qo‘shayotganim deb o‘ylayman.

– Iqboljon, darhaqiqat, Sizning bugungi mavqega eri­shishingizda boks sport turi bilan shug‘ullanganingiz omil bo‘lgan. Siz qanday ni­yatda boks olamiga kirib kel­gansiz?

– Bilasizmi, men ilk bor 11 yoshimda dadam bilan Qo‘rg‘ontepadagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga boks to‘garagiga borganimdayoq o‘z oldimga jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganman. Axir har qanday askar ham general bo‘lishni orzulaydi deyishadi-ku. Shu bilan boks mening taqdirim, kelajagimga aylanib qolgan. Kelajagim­ni o‘zim yaratishim kerakligi uchun tinimsiz shug‘ullanishim, o‘z ustimda ishlashim, ustozlar sabog‘ini amalda qo‘llashim ke­rak bo‘lgan. Birinchi ustozim Shermurod Yusupov ham, Olim­piya zaxiralari sport kolleji­dagi murabbiyim Abduvohid Jalolov ham va boshqa ustoz­larim ham meni faqat g‘alabaga ruhlantirishgan. Shu nuqtai nazardan, ayrim bokschilar­ning alohida psixologlar­ni jalb qilishini, ruhiy saboqlar olib borishlari­ni yoqlamayman. Men bilan ishlagan barcha ustoz-murab­biylarim meni eng avvalo ruhiy jihatdan tayyorlasha­di, ringga chiqayotganimda, kubalikmi, amerikalikmi, qozog‘istonlikmi, “Sen uni yutasan, pachoq qilib tashlay­san, sening zarbalaring oldida u hech narsa qilolmay qoladi” qabilida fikr aytishadi. Bu esa menga dalda bo‘ladi.

– Unday bo‘lsa, ayting- chi, boks ruhiyat jangimi yoki mushtlashuvmi?

– Men boksni ruhiyatga qurilgan, aql bilan jilov­lanadigan qo‘lqoplar jan­gi degim keladi. Eng avvalo, bokschi jangga ruhiy tayyor bo‘lishi kerak. So‘ng taktika tanlashi lozim. Bu aql bilan jang qilish degani. Kuching ko‘p bo‘lsayu mushting kuch­li bo‘lsa-da, uni palapartish harakatlantirsang, manzilga yetib bormasa, ikki barobar kuch sarflanadi va bu bokschini tez charchatadi va, shuningdek, uni ruhan toliqtiradi – bu esa mag‘lubiyatga yo‘l degani. Mening o‘yin uslubim: himoya– taktika–tezlik–hujum. Al­batta, har bir bokschi bilan jangga chiqqanimda uning o‘yin uslubiga qarab taktikani bel­gilayman.

– Xo‘sh, Mard o‘g‘lo- nimizning bo‘sh vaqtlari qanday o‘tadi, u qanday ta­omlarni sevib iste’mol qiladi?

–Bo‘sh vaqtning samara­li bo‘lishi asosiy ishning muvaffaqiyatli bo‘lishiga ta’­sir qiladi. Men bo‘sh vaqtimda aqlni, ruhiyatni, jismimni dam oldirish maqsadida kompyu­terda ishlayman, pleysteyshen o‘ynayman, badiiy kitoblar (ayniqsa, detektiv) o‘qiyman.

Bizning sport turi­miz ovqatlanish borasida injiqroq. Kuchli ovqat yeb quvvatni kuchaytiramiz desak, vazn ortib ketadi va o‘sha to­ifada ishtirok etolmaysan. Yengil-yelpi ovqatlanilsa, kuch bo‘lmaydi. Shuning uchun boks- chilar kaloriyali ovqatlarni yeyishlari maqsadga muvofiq. Lekin uyda, do‘stu jo‘ralar bi­lan palov oshni yaxshi ko‘raman.

– Iqboljon, yana boks mavzusiga qaytsak. Kelajak­dagi rejalaringiz qanday?

– Hozir Indoneziyada bo‘ladigan qit’a olimpia­dasiga qattiq tayyorgarlik ko‘ryapmiz. So‘ng jahon birin­chiligi musobaqasida ishti­rok etamiz. Undan keyin yana musobaqalar, birinchiliklar, turnirlar... Boks hayotimiz da­vom etaveradi.

– Suhbat uchun katta rahmat. Navbatdagi bahslarda Sizga omad yor bo‘lsin!
Baxtiyor TOShTEMIROV suhbatlashdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iqboljon Xoldorov: "Boks - mening taqdirim"