12:32 / 25.07.2018
4 723

Yozgi Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasida qur’a natijalari o‘zgardi

Yozgi Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasida qur’a natijalari o‘zgardi
Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada Yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqalarida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham qatnashadi.

Shu yilning 5 iyul kuni Yozgi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasiga qur’a tashlangandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tayland, Bangladesh va Qatar terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan o‘rin olgandi.

Musobaqaga BAA va Falastin terma jamoalari qo‘shilishi munosabati bilan qur’a natijalari o‘zgardi. Ammo bu o‘zgarish O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan "B" guruhiga ta’sir qilmadi.

BAA terma jamoasi Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari joylashgan "Ye" guruhidar o‘rin oldi.

Falastin esa Indoneziya, Gonkong, Laos va Xitoy Taypeyi bilan birgalikda "A" guruhiga joylashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yozgi Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasida qur’a natijalari o‘zgardi