07:30 / 27.07.2018
3 535

"Milliy" stadionda La Liga va O‘zbek futboli faxriylari ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazadi

"Миллий" стадионда Ла Лига ва Ўзбек футболи фахрийлари кўргазмали ўйин ўтказади
23-25 sentyabr kunlari esa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Butunjahon futbol Sammitida ishtirok etishadi.

Shuningdek, sammit dasturiga qo‘shimcha ravishda “Atletik Bilbao” klubiga tashrif buyurib, klubning va akademiyaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

La liganing yangi mavsum uchun taqvimiga ko‘ra, "Barselona" hamda "Real" o‘rtasidagi birinchi "El-Klassiko" LaLiganing 10-tur uchrashuvlari doirasida 28 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi. PFL hamda La liga o‘zaro hamkorlikda butun dunyo futbol jamoatchiligi diqqat-markazida bo‘ladigan mazkur o‘yin targ‘ibotini yurtimizda ham yanada kengaytirish maqsadida shu kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida “Ommaviy El-Klassiko” tadbirini o‘tkazishni rejalashtirishdi.

Mazkur tadbir doirasida Ispaniya va O‘zbekistonning faxriy futbolchilari ishtirokida ko‘rgazmali futbol o‘yini tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Unda har ikki jamoa tarkibida ham bir nafardan mashxur sobiq “charm to‘p” ustalari qatnashishi ko‘zda tutilgan. “Ommaviy El-Klassiko” tadbiri UzReport telekanali orqali yoritib boriladi. Ko‘rgazmali futbol uchrashuvidan so‘ng stadionga yig‘ilgan barcha katta ekranda "Barselona" – "Real" o‘yinini tomosha qilishi rejelashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Milliy" stadionda La Liga va O‘zbek futboli faxriylari ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazadi