13:21 / 27.07.2018
3 505

“CAFA U-15 championship”. O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg‘izistonni 2:0 hisobida yengdi

“CAFA U-15 championship”. O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg‘izistonni 2:0 hisobida yengdi
Kecha “CAFA U-15 championship” musobaqasining uchinchi tur o‘yinlariga start berildi. Toshkent Temiryo‘llari Muhandislik Instituti maydonida O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg‘iziston U-15 termasiga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoamiz tarkibida har ikki golga Oblayorbek Rahmatov mualliflik qildi.

Yana bir uchrashuvda Tojikiston U-15 terma jamoasi ham Turkmanistonni xuddi shunday hisobda taslim etdi. Bugun soat 21:00da Afg‘oniston U-15 terma jamoasi Eron U-15 bilan kurash olib boradi.

“CAFA U-15 championship”

O‘zbekiston U-15 - Qirg‘iziston U-15 2:0
Gollar:
Oblayorbek Rahmatov (41,52)

O‘zbekiston U-15: Vazgen Pogosyan, Asror Kenjayev, Kiril Todorov, Murod Xo‘jamberdiyev, Oblayorbek Rahmatov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Asadbek Qahhorjonov, Po‘latjon Jumaxonov, Jasur Ubaydullayev, Nodirbek Abdurazzoqov, Azizjon Toshkenboyev.

Qirg‘iziston U-15: R.Jaynbek, T.Baktibekov, B.Beyshebai o‘g‘li, A.Balbakov, A.Daniyarov, I.Tinibekov, A.Sharshenbekov, B.Ermekov, A.Jariljanov, A.Abilkasimov, A.Bulabayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “CAFA U-15 championship”. O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg‘izistonni 2:0 hisobida yengdi