01:12 / 28.07.2018
3 627

Kapadze xorijlik murabbiy shtabida qolishi kerakmi?

Kapadze xorijlik murabbiy shtabida qolishi kerakmi?
Yaqin kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga Ektor Kuper tayinlangani ma’lum qilinishi lozim. Har holda bizga shunday va’da berishgan. Ammo hozir eng asosiy masala bu emas. Bu ketishda qachondir bizga ham taniqli mutaxassislardan kimdir kelishi aniq edi. Masala boshqa tomonda. O‘sha xorijlik murabbiyning shtabida o‘zbek mutaxassisi bo‘ladimi?

Bugunning misolida olib qaraydigan bo‘lsak, o‘sha kimdir Temur Kapadze bo‘lishi ehtimoli juda katta. Oxirgi vaqtlarda MTJni aynan u boshqardi. Endi bir savol: Temur Kapadze xorijlik murabbiyga yordamchi bo‘lishi kerakmi?

Bizning javob: Yo‘q!

Sababmi? Sabab shundaki, xorijlik murabbiy, ya’ni Ektor Kuper kelgandan so‘ng bir illat futbolimizdan soqit bo‘lishi lozim - tanish-bilishchilik. Oxirgi yillarda terma jamoani kim boshqarmasin qaysidir klub bilan bog‘liq bo‘lgan. Vadim Abramov o‘z futbolchilarini termaga olib keldi, Mirjalol Qosimov va Babayan esa o‘z o‘yinchilarini. Keling, Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasiga eng kuchli va eng munosib futbolchilarni jalb etsin. Va bu yo‘lda unga hech kim ta’sir o‘tkazmasin.

Kapadze murabbiylar shtabida bo‘lsa, u orqali kimlardir terma jamoaga o‘z futbolchisini tavsiya qilaverishiga esa, shaxsan biz ishonamiz. Aynan shu bois ham yangi davrda birorta o‘zbek murabbiyi terma jamoada bo‘lmasin. Iltimos...
Abdulloh

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapadze xorijlik murabbiy shtabida qolishi kerakmi?