10:24 / 28.07.2018
2 676

SSKA Rossiya Superkubogi bahsida «Lokomotiv»dan ustun keldi

SSKA Rossiya Superkubogi bahsida «Lokomotiv»dan ustun keldi
Rossiya Superkubogi to‘qnashuvida Moskvaning SSKA klubi g‘alaba nashidasini surishdi. Uchrashuv Nijnыy Novgorod shahridagi shu nomli stadionda bo‘lib o‘tdi va qo‘shimcha daqiqalarda «harbiylar» kiritgan gol evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

SSKA tarkibida yagona golni yarim himoyachi Xetag Xosonov 106-daqiqada kiritdi. 113-daqiqada bosh hakam Vladislav Bezborodov «Lokomotiv» himoyachisiga qizil kartochka ko‘rsatib maydondan chetlatdi.

SSKA uchun ushbu superkubok tarixda yettinchisi bo‘ldi. Klub ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordni ushlab turibdi. SSKA bundan avval 2004, 2006, 2007, 2009, 2013 va 2014 yillari zafar quchgan.

Lokomotiv – SSKA 0:1 (0:0, 0:0, 0:0)

Gol:
0:1 – 106 Xosonov.

Lokomotiv – Gilerme, Rыbus, Kverkveliya, Chorluka (Idovu, 90), Ignatev, Fernandesh (Jemaletdinov, 70), Barinov, Miranchuk, Miranchuk, Denisov (Tarasov, 105), Eder (Farfan, 90).

SSKA – Akinfeyev, Nababkin (Xosonov, 67), Chernov, Fernandes, Rodrigo Bekao, Dzagoyev (Щennikov, 13), Bistrovich, Yefremov (Biyol, 81), Magnusson, Vitino (Jamaletdinov, 117), Chalov.

Ogohlantirishlar: Bistrovich (57), Chernov (66).

Chetlatish: Kverkveliya (113).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA Rossiya Superkubogi bahsida «Lokomotiv»dan ustun keldi