17:33 / 29.07.2018
3 334

Ilhom Mo‘minjonov: "Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti"

Илҳом Мўминжонов: "Шогирдларим мен талаб қилаётган тажовузкор футболни кўрсата олишяпти"
Pepsi Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

"Bugun stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan 20 mingdan ortiq ishqibozga minnatdorchilik bildiraman. Xatto safar o‘yinlarimizda ham muxlislarimiz bizni yolg‘izlatib qo‘yishmayapti. Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti. Bundan xursandman. Yigitlar bugun maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishdi. O‘yin ritmidan kelib chiqqan holda zaxiradan futbolchilarni biroz kechroq maydonga tushirdik" - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "Shogirdlarim men talab qilayotgan tajovuzkor futbolni ko‘rsata olishyapti"