23:08 / 29.07.2018
3 090

«Lokomotiv» o‘zida «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

«Lokomotiv» o‘zida «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
PEPSI Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. "Lokomotiv" stadionida kechgan o‘yinda mezbonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi va ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. 34-daqiqada Xurshid G‘iyosov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berishda adashmadi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Sardor Mirzayev boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va uchrashuv hakami ushbu bahsli vaziyatda to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi deya hisobladi va golni qayd etdi.

71-daqiqada mezbonlar standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Anzur Ismoilov burchak zarbasidan yuzaga kelgan tartibsizlikdan unumli foydalanib darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning so‘nggi daqiqasida Sardor Rashidov raqib darvozabonini aldab o‘tib bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi va o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

PEPSI Superliga, 19-tur

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar:
0:1 – 34 G‘iyosov, 1:1 – 45+1 Mirzayev, 2:1 – 70 Ismoilov, 3:1 – 90+1 Rashidov.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullayev, 10. Marat Bikmayev (14. Azizbek Amonov, 88), 11. Timurxo‘ja Abduholiqov (27. Sardor Rashidov, 66), 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Shuhrat Muhammadiyev (9. Ikrom Aliboyev, 75), 33. Oleg Zoteyev, 55. Anzur Ismoilov.

"Bunyodkor": 25. Murodjon Zuhurov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 11. Murodjon Toshmatov, 18. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Xurshid G‘iyosov, 44. Mirjamol Qosimov (14. Mirjahon Mirahmadov, 70), 77. Azizbek Haydarov (10. Abdulla Abdullayev, 77), 99. Filipp Rayevats (9. Shahzodbek Nurmatov, 59).

Ogohlantirishlar: Sulaymonov 23, Abdullayev 38, Ashurmatov 83.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» o‘zida «Bunyodkor» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi