06:30 / 30.07.2018
3 081

Ulug‘bek Baqoyev: "Biz ruhiy "chuqur"ga tushib qolgandik"

Улуғбек Бақоев: "Биз руҳий "чуқур"га тушиб қолгандик"
"Qizilqum" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev va Arslonmurod Omonov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Besh o‘yinlik g‘alabasiz seriyani yakunlaganimizdan xursandman. Biz ruhiy "chuqur"ga tushib qolgandik. Bunday vaziyatlardan ishonch yo‘qoladi. "Qizilqum"ning o‘rta chizig‘i juda kuchli. Shunday o‘yinda 3 ochko olganimiz uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. "Qizilqum"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Bunday issiq havoda o‘ynash ikkala jamoaga ham oson bo‘lmadi. Ikkinchi taymda uchrashuv biroz tezlashdi. Kuchli oltilikka kirish uchun oxirigacha kurashamiz, oldinda yana uchta o‘yin bor. Har bir bahsga professional tarzda yondoshamiz", - deydi Baqoyev.

"Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Beshta g‘alabasiz va 4ta o‘yinlik golsiz seriyaga barham bera olganimizdan xursandman. Yigitlar bor kuchi bilan o‘ynashdi. Vazifa kuchli oltilikka kirish edi, biz bunga harakat qilishda davom etamiz", - deydi Arslonmurod Omonov.

Manba: championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Biz ruhiy "chuqur"ga tushib qolgandik"