10:13 / 30.07.2018
3 426

Andrey Fyodorov: "Kutganimdek qiziqarli o‘yin bo‘ldi"

Андрей Фёдоров: "Кутганимдек қизиқарли ўйин бўлди"
Superliganing 19-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi kechgan bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Lokomotiv"da bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Andrey Fyodorov ishtirok etdi.
- O‘yin oldidan shunday qiziqarli bahs bo‘lishini kutgandim. O‘zbekistonda necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsam, "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalarining o‘zaro o‘yinlari har doim shunday ruhda o‘tib kelgan. Bunda maydon, uchrashuv o‘tkazilish joyining farqi yo‘q. Barchasi ajoyib tarzda kechadi. Bu klublar bir necha yillardan buyon hujumkor o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Gol urish uchun vaziyatlar anchagina bo‘ldi. Shunchaki, ko‘proq gol urgan jamoa g‘oliblikka erishdi. Muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatgani uchun jamoalarga rahmat aytaman.

Anzur Ismoilov:
"Bugun ikkita ajoyib jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Tomonlar anchagina kuchli o‘yin ko‘rsata oldi. Menimcha, g‘alabada mahoratning o‘rni bilindi. "Bunyodkor" yosh va kuchli futbolchilardan tuzilgan ajoyib jamoa.

Birinchi bo‘lim yakunida to‘p darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tdi. Gol bor edi. Hech kimga e’tiroz yo‘q".

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Kutganimdek qiziqarli o‘yin bo‘ldi"