06:30 / 31.07.2018
3 312

San’at Sharipov O‘FAga maslahatchi bo‘ldi

San’at Sharipov O‘FAga maslahatchi bo‘ldi
Foto: «ufa.uz»
San’at Sharipovni yurtimizdagi futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi. U bir necha yil davomida futbol agenti sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab o‘zbekistonlik futbolchilarni xorij klublarida to‘p surib, legionerga aylanishiga yordam bergan.

U 2003 yil Moskvadagi Lomonosov nomidagi Jurnalistika fakultetini tamomlagan hamda 2016 yil Shveysariyaning Syurix shahridagi Xalqaro Huquq fakultetining Xalqaro Sport yo‘nalishida ta’lim olib, uni muvaffaqiyatli yakunlagan. Shuningdek, 2016 yil Janubiy Afrika Respublikasi Futbol assotsiatsiyasida futbolni rivojlantirish bo‘limida ish olib borgan.

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, katta xalqaro tajribaga ega bo‘lgan futbol mutaxassisi San’at Sharipov endilikda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

San’at Sharipov Yevropa futbolidagi yutuqlar, boy tajriba va futbolchilarni tarbiyalashda yo‘lga qo‘yilgan tizim, mahalliy futbolchilarning xorij klublari bilan shartnoma imzolashda ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar kabi ko‘plab masalalarda o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashib boradi.

«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida maslahatchi sifatida faoliyat yuritish, umuman, o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shish men uchun katta sharaf. O‘z bilim va tajribamni yurtimiz futboli ravnaqi yo‘lida sarflashga tayyorman. Umid qilamanki, O‘FA rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada o‘z samarasini berib, terma jamoalarimizni Olimpiada va Jahon chempionatlarida ko‘rish nasib etadi», – deydi San’at Sharipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » San’at Sharipov O‘FAga maslahatchi bo‘ldi