13:05 / 01.08.2018
3 248

Shota Arveladze: "Bizni bugun superderbi, supero‘yin va superochko kutmoqda"

Шота Арвеладзе: "Бизни бугун супердерби, суперўйин ва суперочко кутмоқда"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bugun bo‘lib o‘tadigan "Lokomotiv"ga qarshi muhim bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Superliga o‘zining eng qaynoq pallasiga kirib bormoqda. Oldindagi o‘yinda bizni superderbi, supero‘yin va superochkolar kutmoqda. Shu sababli uchrashuv barcha muxlislar uchun juda qiziq sanalishi tabiiy.

Biz o‘yinga odatiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Har bir bellashuvga jiddiy hozirlik ko‘rish talab etiladi. "Lokomotiv" bilan uchrashuvlar keskin kechadi. Biz buni bilamiz va shunday sur’atdagi o‘yinga tayyor bo‘lishga intilamiz. Ishqibozlardan stadionda bizni qo‘llab-quvvatlashni kutib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent derbisi bugun soat 21:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Bizni bugun superderbi, supero‘yin va superochko kutmoqda"