13:31 / 01.08.2018
3 042

«Tottenxem» klubi «Milan»ni kichik hisobda yengdi

«Tottenxem» klubi «Milan»ni kichik hisobda yengdi
International Champions Cup musobaqasidan o‘rin olgan «Tottenxem» – «Milan» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. AQShning Minneapolis shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda inglizlar kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Jorj-Kevin N'Kudu londonliklarni oldinga olib chiqdi va bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa, milanliklar musobaqadagi ikkinchi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldilar. «Tottenxem» esa ikkinchi o‘yin deganda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

International Champions Cup
AQSh

Tottenxem (Angliya) – Milan (Italiya) 1:0 (0:0, 1:0)

Gol:
1:0 – 47 Nkudu.

Tottenxem – Vorm (Gassaniga, 46), Eyoma, Sanches (Karter-Vikers, 90), Uoker-Piters, Eymos, Marsh (Ore, 77), Georgiu (Devis, 77), Lukas Moura (Eriksen, 63), Skipp, Nkudu, Lorente (Son Xыn Min, 63).

Milan – Reyna (Donnarumma, 46), Musakko, Kalabriya, Abate (Antonelli, 69), Romanoli, Chalxanoglu (Mauri, 78), Lokatelli, Suso (Xalilovich, 46), Kessie, Borini (Kalinich, 70), Kutrone (Tsadjut, 78).

Ogohlantirishlar: Eyoma (53), Mauri (81), Kessie (84).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tottenxem» klubi «Milan»ni kichik hisobda yengdi