17:45 / 01.08.2018
2 692

Ronaldino o‘z kriptovalyutasini chiqarib, 300 ta stadion ochmoqchi

Ronaldino o‘z kriptovalyutasini chiqarib, 300 ta stadion ochmoqchi
Foto: «Wikipedia.org»
Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino bolalar futboli va kibersportga homiylik qilmoqchi. Buning uchun u o‘z kriptovalyutasi — «Ronaldinho Soccer Coin» (RSC)ni chiqaradi, deb ma’lum qildi «Xabar» nashri.

Loyihada Malta mamlakatidan chiqqan «World Soccer Coin» startapi bilan hamkorlik qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Ronaldinoning kibersportchilar uchun arenalari dunyo bo‘ylab 300 ta joyda paydo bo‘ladi. Ilk virtual stadionlar 2019 yili Filippin, Vetnam va Tailandda ochiladi.

Braziliya futbol yulduzi yaqin orada 350 millionta RSC kiber-tangalarini erkin muomalaga chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldino o‘z kriptovalyutasini chiqarib, 300 ta stadion ochmoqchi