22:54 / 01.08.2018
3 299

«Nasaf» safarda «So‘g‘diyona»ni yengdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (video)

«Nasaf» safarda «So‘g‘diyona»ni yengdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (video)
Pepsi Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Nasaf" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

15-daqiqada Islom Kenjaboyev raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani aniq nishonga oldi. Bu gol o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa, “Nasaf” o‘z ochkolarini 26taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “So‘g‘diyona” esa 16 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

Pepsi Superliga, 20-tur

"So‘g‘diyona" - "Nasaf" 0:1 (0:1, 0:0)

Gol:
0:1 – 15 Kenjaboyev.

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Shohruz Norxonov (Izzatilla Abdullayev, 50), Tohir Shamsiddinov, Sanjar Rashidov, Sernas Darvidas (Sahob Rashidov, 66), Ruslan Melziddinov, Kim Dong Xi, Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Ixtiyor Toshpo‘latov (Oybek Nurmatov, 62).

"Nasaf": Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, G‘olib G‘aybullayev, Odiljon Hamrobekov, Bobur Abduxoliqov (Xudoyorxon Sa’dullayev, 86), Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov (Doniyor Narzullayev, 73), Islom Kenjaboyev (Amirjon Safarov, 73), Saydullo Rahmatov, Akmal Mozgovoy, Umar Eshmurodov.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» safarda «So‘g‘diyona»ni yengdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (video)