23:38 / 01.08.2018
3 699

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birgina xatodan foydalandik"

Рўзиқул Бердиев: "Биргина хатодан фойдаландик"
Superliga 20-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yindan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va o‘yinning eng yaxshi futbolchi deb topilgan Islom Kenjaboyev o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o‘yinni birgina xato xal qildi. Raqibimiz xato qildi va biz undan unumli foydalandik. Yigitlar 90 daqiqa davomida e’tibor bilan o‘ynashdi sababi raqiblarni o‘rganish davomida “So‘g‘diyona” har yilgidan hujumkor futbolni namoyish etmoqda. Shuning uchun bugungi bahsda biz bexato xarakat qilishimiz kerak edi va o‘ylashimcha buni udaladik. Bahs davomida yigitlar bor kuchlari va e’tiborlari bilan harakat qilishdi. Shuning uchun ham g‘alaba qozondik, - deydi Berdiyev.

Islom Kenjaboyev: O‘tgan turdagi xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib bugun faqat g‘alaba uchun kurashdik. Jamoaviy o‘yin namoyish etdik va yanada kuchli o‘ynadik.Shuning evaziga g‘alaba qozondik. Maqsadimiz keyingi o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Birgina xatodan foydalandik"