Superliga 20-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Nasaf” jamoasini qabul qildi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan va o‘yinning eng yaxshi futbolchi deb topilgan Sanjar Rashidov o‘z fikrlarini bildirishdi.
- Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bahs qiyin bo‘lishini bilar edik. Bir yarim kun davomida tiklanish juda qiyin. Rejalar amalga oshmadi. Uchrashuvdan so‘ng birinchi vazifa bu yo‘qotilgan kuchni tiklashdir. Bugun futbolchilar maydonda o‘zlarini ko‘rsata olishmadi. Qo‘qondagi safardan so‘ng biz juda kam vaqt mashg‘ulot o‘tkazdik va funksional tiklana olmadik. Halol mag‘lub bo‘ldik. Yaratilgan vaziyatlardan esa unumli foydalana olmadik. “Nasaf” birgina xatomizdan foydalandi va g‘alaba qozondi. Muhim o‘yinlar oldinda va biz ishlashda davom etamiz - deydi jamoa bosh murabbiyi.
Sanjar Rashidov: Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Raqib yaxshi himoyalandi. Bizning esa xujumda ishlarimiz yurishmadi. Bu o‘yindan so‘ng kerakli xulosalarni chiqaramiz va bu xatolar ustida ishlaymiz - deydi jamoa sardori. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?