21:58 / 02.08.2018
3 736

«Neftchi» o‘zida «Navbahor»ni yengdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)

«Neftchi» o‘zida «Navbahor»ni yengdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)
Pepsi Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Navbahor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Farg‘onada kechgan vodiy derbisida mezbonlarning qo‘li baland keldi.

57-daqiqada Sherzod Hakimov "Neftchi"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Darko Nikach muvozanatni tikladi.

69-daqiqada Abdurahmon Abdulhaqov mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, "Neftchi" 20-turga kelib mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Pepsi Superliga, 20-tur

"Neftchi" – "Navbahor" 2:1

Gollar:
Sherzod Hakimov 57, - 1:0. Darko Nikach 62, - 1:1. Abdurahmon Abdulhaqov 69, - 2:1 (Sherzod Hakimov).

"Neftchi": Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Dilyorbek Ermatov (Dostonbek Tursunov, 27), Husniddin G‘ofurov, Igor Taran (Abdurahmon Abdulhaqov, 61), Boburbek Yuldashev, Doston Toshmatov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Mirjamol Ne’matov, Islombek Karimov, Sherzod Hakimov (Jalil Kimsanov, 78).

"Navbahor": Botirali Ergashev, Igor Golban, Oston O‘runov, Sherzod Karimov (Azamat Allaniyozov, 77), Ayubxon No‘’monov (Ro‘zimboy Ahmedov, 63), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Nikach, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich (Sardor Sulaymonov, 46), Darko Stanoyevich.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» o‘zida «Navbahor»ni yengdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)