14:27 / 03.08.2018
3 687

Floyd Meyvezer ishonchini oqlagan o‘zbek o‘g‘loni bugun ringga ko‘tariladi

Floyd Meyvezer ishonchini oqlagan o‘zbek o‘g‘loni bugun ringga ko‘tariladi
Mashhur bokschi Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik professional bokschi Sanjarbek Rahmonov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bokschimizning bu safargi raqibi AQShlik Markus Taylor bo‘ladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall»da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Rahmonov professional faoliyati davomida 11ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9tasida g‘alaba nashidasini surgan. Bitta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyvezer ishonchini oqlagan o‘zbek o‘g‘loni bugun ringga ko‘tariladi