21:20 / 03.08.2018
2 989

Peres: "Modrichni sotib olish mumkin, faqat 750 mln yevroga"

Перес: "Модрични сотиб олиш мумкин, фақат 750 млн еврога"
"Real" prezidenti Florentino Peres klub yarim himoyachi Luka Modrich jamoani tark etishi haqidagi gaplarga chek qo‘ydi.
Jamoa rahbariyati ham, futbolchi va uning vakillari ham 32 yoshli yarim himoyachi Madridni tark etishi borasidagi gap-so‘zlarni rad etishdi.

"Real" xorvatiyalik transferi borasidagi takliflarni ko‘rib ham chiqmaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi xizmatlariga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.

"Modrichni sotib olishning yagona yo‘li – shartnomada belgilangan 750 million yevroni to‘lash", – qayd etadi Peres.

Futbolchi ham Madridda barchasidan qanoatlanmoqda. Yaqin kunlarda u mashg‘ulotlarga qaytadi va Yevropa Superkubogi uchun "Atletiko"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peres: "Modrichni sotib olish mumkin, faqat 750 mln yevroga"