15:31 / 03.08.2018
4 269

Ektor Kuperning O‘zbekiston MTJga murabbiy bo‘lishi jahon axborot olami nigohida

Ektor Kuperning O‘zbekiston MTJga murabbiy bo‘lishi jahon axborot olami nigohida
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper bilan shartnoma imzolagani, 6 avgust kuni u milliy terma jamoamizning bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi xaqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jahon futboli olamida mashhur bo‘lgan mutaxassisning kelayotgani dunyoning bir qator ommaviy axborot vositalari hamda FIFA va OFK rasmiy veb sahifalari nigohidan chetda qolmadi. Ular yurtimiz futbol olamiga kirib kelayotgan mutaxassis xaqida bir qator axborotlarni o‘z o‘quvchilariga havola etdilar. Ularning ayrimlari bilan Sizlarni tanishtirib o‘tamiz.

FIFA tashkilotining rasmiy sahifasi bo‘lgan fifa.com sayti “Cuper takes the reins of Uzbekistan” ya’ni “Kuper O‘zbekiston terma jamoasining jilovini qo‘lga oldi” nomli maqola chop etdi. Maqolada Ektor Misr davlatini 28 yil deganda jahon chempionatiga qaytargani hamda ushbu qahramonlikni O‘zbekiston bilan uddalashini o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlari kutayotgani haqida fikrlar bildirilgan.

Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sahifasi hisoblangan the-afc.com sayti “Cuper to helm Uzbekistan” ya’ni “Kuper O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradi” nomli maqola joylashtirdi. Ushbu maqolada murabbiyning Misr terma jamoasidagi va klublardagi faoliyatiga qisqacha nazar tashlagan hamda O‘zbekiston JCh-2022 ga chiqish uchun ushbu murabbiyga umid bog‘layotgani haqida yozib o‘tgan.

Jahonga mashhur “Reuters” agentligi “Cuper takes over as Uzbekistan head coach” “Kuper O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi” nomli maqolani muxlislar hukmiga havola etib, ushbu maqolada Ektor Kuperning faoliyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tgan. Hamda O‘zbekiston futbolining 1994 yildan keyingi yangi tarixi, Osiyo mintaqasi musobaqalaridagi ishtiroki , 2019 yilgi Osiyo kubogidagi raqiblarimiz va imkoniyatlarimizga to‘xtalib o‘tgan.

Ispaniyaning europapress.es nashri “Reuters” agentligining maqolasini ispan tilida chop etgan bo‘lsa, tycsprorts.com nashri “Hector Cuper, Nuevo tecnico de Uzbekistan” “Ektor Kuper O‘zbekistonning yangi murabbiyi” nomli maqolani chop etdi. Maqolada Ektor Kuper va O‘zbekiston terma jamoasi haqida ma’lumotlar berilib, Kuper oldiga O‘zbekiston milliy terma jamoasini JCh-2022ga olib chiqish vazifasi qo‘yilishi haqida to‘xtalib o‘tgan.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuperning O‘zbekiston MTJga murabbiy bo‘lishi jahon axborot olami nigohida