12:55 / 04.08.2018
3 594

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ Toshkentda yig‘inga kirishdi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ Toshkentda yig‘inga kirishdi
Xabaringiz bor, shu yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazish uchun Toshkentda yig‘inga kirishdi. Futbolchilar Toshkent Temiryo‘llari Muhandislik Instituti maydonida mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.

Yig‘in 9 avgust kuniga qadar davom etadi. Ana shu yig‘indan keyin murabbiylar shtabi Osiyo o‘yinlariga boradigan yakuniy tarkib borasida bir to‘xtamga keladi. O‘sha paytda jismoniy va funksional jihatdan har tomonlama tayyor bo‘lgan futbolchilar Osiyo o‘yinlarining yakuniy ro‘yxatiga kiritiladi.

Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Botirali Ergashev “Navbahor”
Umidjon Ergashev “Nasaf”
Rahim Davronov “Mash’al”

Himoyachilar:
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Dostonbek Tursunov "Neftchi"
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”
Doniyor Narzullayev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg‘unboyev “Navbahor”
Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboyev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya
Husniddin G‘ofurov “Neftchi”
Sharof Muhiddinov “Nasaf”

Hujumchilar:
Andrey Sidorov “Neftchi”
Zabihullo O‘rinboyev “Metallurg”
Bobir Abduxoliqov “Nasaf”

Ushbu yig‘inga “Nasaf” vakili Aziz G‘aniyev ham jalb qilingandi. Ammo terma jamoamiz yarim himoyachisi jarohati sababli Osiyo o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Aziz G‘aniyevga mustahkam sog‘liq tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ Toshkentda yig‘inga kirishdi