19:25 / 04.08.2018
3 455

Mauritsio Sarri uni Angliyaga kim chaqirganini aytdi

Mauritsio Sarri uni Angliyaga kim chaqirganini aytdi
Mavsumlar oralig‘ida "Chelsi" boshqaruviga kelgan Mauritsio Sarri uni tumanli albionga "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola taklif qilganini aytdi.

“Gvardiola Angliyadagi o‘yinlar juda og‘ir va yuqori darajada kechishini aytdi. Debyut mavsumida unda muammolar bo‘ldi, biroq uning fikricha futbol hamma joyda futbolligicha qoladi. U meni Angliyaga chaqirdi. Dunyoning istalgan murabbiyi hozir Angliyada ishlashni xohlagan bo‘lardi. APL – dunyoning eng kuchli chempionati. Bu yerda ekanligimdan xursandman.

“Chelsi”da qancha muddat qolishim klub rahbariyatiga bog‘liq. Agar 10 yil qolmoqchi bo‘lsam, g‘alaba qozonishim kerak. Qarorni klub chiqaradi, lekin men bu yerda uzoqroq qolmoqchiman”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, ertaga "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari Angliya Superkubogi uchun maydonga tushishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mauritsio Sarri uni Angliyaga kim chaqirganini aytdi