00:08 / 05.08.2018
4 792

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishmoqda

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jahonga mashhur mutaxassisning kelayotgani xaqida dunyoning ko‘plab mashhur ommaviy axborot vositalari xabar berishda davom etmoqda. Ular Ektor Kuper va O‘zbekiston milliy terma jamoasi xaqida bir qator ma’lumotlarni chop etib, o‘z taxminlarini ilgari surishyapti.

Ispaniyaning eng nufuzli nashrlaridan biri AS.com “Former Egypt coach Héctor Cúper named as Uzbekistan’s new manager” “Misrning sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi deb e’lon qilindi” nomli maqolasini chop etdi. Maqolada Ektor Kuper Misr davlatini 28 yil deganda jahon chempionatiga olib chiqqani, Toshkent shahriga 6 avgust kuni uchib kelishi hamda klublardagi faoliyati haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Butun dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turgan euronews.com axborot agentligi “Hector Cuper nuovo ct dell'Uzbekistan” “O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi – Ektor Kuper” nomli maqolani o‘z sahifasiga joylashtirdi. Ushbu maqolada murabbiyning Italiyaning “Inter” jamoasi bilan erishilgan ijobiy natijalar, Misr terma jamoasining ajoyib tarzda jahon chempionatiga qaytishi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonovning murabbiy haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashilgan.

Italiyaning mashhur mediagiganti mediaset.it ham “Hector Cuper nuovo ct dell'Uzbekistan” deb nomlangan euronews.comning maqolasini o‘z sahifasida chop etgan.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishmoqda