10:57 / 05.08.2018
3 307

"Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni"ni aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

"Июль ойининг энг яхши дарвозабони"ни аниқлаш учун овоз бериш бошланди
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSISuperligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etib, o‘z jamoasi joniga oro kirdi. Ular ichida natijalari boshqalarga nisbatan ancha yaxshilari Milan Mitrovich, Yevgeniy Cheremisin, Eldor Suyunov hamda Sanjar Quvvatov bo‘lishdi. Qayd etish joizki, Suyunov shu paytga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi deya e’tirof etilish uchun nomzodlar qatoridan o‘rin egallagan edi. Quvvatov va Cheremisin esa bir martadan nomzodlar safidan joy olishgandi.

Oyning eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar

Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”) – 5 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 10 seyv
Yevgeniy Cheremisin (“Qizilqum”) – 5 o‘yin, 3 quruq o‘yin, 6 seyv
Eldor Suyunov (“Paxtakor”) – 6 o‘yin, 3 quruq o‘yin, 6 seyv
Sanjar Quvvatov (“Nasaf”) – 4 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 4 seyv

Ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni"ni aniqlash uchun ovoz berish boshlandi