22:48 / 05.08.2018
3 299

«Manchester Siti» Agueroning dubli evaziga «Chelsi»ni mag‘lub etib Superkubokni qo‘lga kiritdi

«Manchester Siti» Agueroning dubli evaziga «Chelsi»ni mag‘lub etib Superkubokni qo‘lga kiritdi
Angliya Superkubogidan o‘rin olgan uchrashuvda APL g‘olibi «Manchester Siti» va Angliya Kubogi sohibi «Chelsi» klublari o‘zaro kuch sinashdilar. «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mankunianliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida raqib jarima maydoni yonida to‘pni qabul qilib olgan Serxio Aguero darvozaning pastki burchagini aniq nishonga olgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning ham 13-daqiqasi «Manchester Siti» va Aguero uchun omadli keldi: argentinalik futbolchi Bernardu Silvaning uzatmasini darvozaga to‘g‘irlab yuborgan holda o‘yindagi dublini nishonladi.

Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari yangi mavsumni ham sovrin bilan boshlaydigan bo‘ldilar.

Angliya Superkubogi

Chelsi – Manchester Siti 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar:
0:1 – 13 Aguero, 0:2 – 58 Aguero.

Chelsi – Kabalero, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Jorjino, Pedro (Mozes, 79), Fabregas (Drinkuoter, 60), Xadson-Odoi (Villian, 59), Morata (Abraxam, 69).

Manchester Siti – Bravo, Stounz, Mendi, Uoker, Laport (Otamendi, 87), Foden (Braim Dias, 76), Fernandino, Marez (Gabriel Jezus, 68), Bernardu Silva, Sane (Gyundogan, 46), Aguero (Kompani, 80).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Agueroning dubli evaziga «Chelsi»ni mag‘lub etib Superkubokni qo‘lga kiritdi