06:00 / 06.08.2018
3 697

O‘zbekiston olimpiya termasi 2-turda Falastinga yutqazib qo‘ydi

Ўзбекистон олимпия термаси 2-турда Фаластинга ютқазиб қўйди
Ayni damda Ravshan Xaydarov boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Toshkentda yig‘ilib, mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar esa ayni kunlarda Vetnamdagi Vinaphone—2018 xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda.

1-tur o‘yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan o‘zbekistonlik olimpiyachilar 2-o‘yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Falastinliklar tomonidan kiritilgan 2 ta golga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1 ta gol bilan javob bera oldi. Gol muallifi Nurillo To‘xtasinov.

O‘zbekiston termasi musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 7 avgust kuni musobaqa mezboni Vetnamga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston U23 — Falastin U23 1:2
Gollar:
0:1—6 Al-Cherif, 1:1—13, Nurillo To‘xtasinov, 1:2—26 Oday Dabbagh

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya termasi 2-turda Falastinga yutqazib qo‘ydi