09:28 / 07.08.2018
3 596

PFL Superliga reglamentini o‘zgartirishga tayyorlanmoqdami: nahotki «oltin ochkolar» bekor qilinsa?

PFL Superliga reglamentini o‘zgartirishga tayyorlanmoqdami: nahotki «oltin ochkolar» bekor qilinsa?
Ma’lumki, joriy yilda yangi formatda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 1–2-davralari yakunlanishiga 2 tur qoldi. Reglamentga ko‘ra, 1-6 o‘rin egalari va 7-12-o‘rin egalari ikki guruhga bo‘linib, 3–4-davralarda o‘zaro uy-safar tizimida yana 10 ta uchrashuvda maydonga tushishadi. Bu holatda 1–6-o‘rin egalarining 7–12-o‘rin egalari bilan 1-2-davralarda qo‘lga kiritgan ochkolari hisobdan chiqarib tashlanadi va jamoalar «oltin ochkolar» bilan chempionlik uchun kurash olib borishadi.

Mavjud reglament futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ham intriga paydo bo‘lishi olib keldi. Masalan, «Qo‘qon-1912» klubi yuqori oltilikdan o‘rin olsa «Paxtakor» bir necha ochkolardan ayrilishi, «Metallurg» 6-o‘rinni olsa, aksincha, «Paxtakor» ochkolarga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qahramon Aslanovning tahliliy maqolalari berib borilmoqda.

Tahririyatimizga PFL bosh direktori Omon G‘afurov tomonidan 6 avgust kuni imzolangan №466-sonli xat kelib tushdi.

Xatda «oltin ochko» qoidasi qaysidir ma’noda kelishilgan o‘yinlarni vujudga kelishi avj olmoqda» deya qayd etilgan. Adashmadingiz, yuqoridagi fotoda ham ko‘rishingiz mumkin, aynan VUJUDGA KELIShI AVJ OLMOQDA, deb yozilgan.

«Bu hol (ya’ni, avj olayotgan vujudga kelish — tah.) klublarning kelgusi faoliyatiga ta’sirini ko‘rsatishi va chempionat saviyasiga ta’sir ko‘rsatishi aniq», deyilmoqda xatning davomida.

«Shundan kelib chiqib, Superliga jadvali reglamentda belgilangan punktlariga asoslanib jadval o‘zgartirilishi, ya’ni «oltin ochko» qoidasini olib tashlanishi borasida taklif va fikrlaringizni 7 avgust soat 11:00 gacha kechiktirmasdan PFL elektron pochtasiga yuborishingiz so‘raladi», deyilgan xatda.

Biz tahririyatga kelib tushgan xatning imloviy va uslubiy xatolarini saqlab qolgan holda e’lon qilmoqdamiz. Albatta, o‘ta savodsizlarcha yozilgan ushbu xat feyk bo‘lib chiqishi ham mumkin. Rasmiy izohni PFLdan kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL Superliga reglamentini o‘zgartirishga tayyorlanmoqdami: nahotki «oltin ochkolar» bekor qilinsa?