15:20 / 09.08.2018
3 193

Eldor Suyunov "Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni" deb topildi

Элдор Суюнов "Июль ойининг энг яхши дарвозабони" деб топилди
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championat.asia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.
Mazkur so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlari davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Ular ichidan 4 nafar saralab olingan nomzodlarga Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Yakunda esa Eldor Suyunov eng ko‘p ochko jamg‘ardi. Ikkinchi pog‘ona Sanjar Quvvatovga, uchinchi o‘rin esa Milan Mitrovichga nasib etdi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, Eldor Suyunov bunga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun da’vogarlar qatoridan o‘rin olgan va har safar yakunda kamroq ovoz to‘plagan edi. Iyul oyi yakunlariga ko‘ra esa aynan Suyunov eng ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Suyunov "Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni" deb topildi