22:47 / 09.08.2018
3 213

"Iyul oyining eng yaxshi futbolchisi" aniqlandi

"Июль ойининг энг яхши футболчиси" аниқланди
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Yakunda “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev 49 ochko bilan eng ko‘p ovoz yig‘di. PEPSI Superliga murabbiylari va sardorlaridan 12 nafari Bikmayevni 1-o‘ringa loyiq topishdi. Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan Tiago Bezerra esa yakunda jami 34 ochko jamg‘ardi. Uchinchi pog‘onani 24 ochko bilan Javlon Ibrohimov band etdi.

Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada qo‘qonlik ishqibozlar ancha dadillik ko‘rsatishdi. Zero himoyachi bo‘lishiga qaramay 11 metrli nuqtadan adashmay zarbalar yo‘llayotgan Murod Xolmuhammedov ishqibozlar o‘rtasidagi so‘rovnomada 2-o‘rinni egalladi va qo‘shimcha 4 ochkoga ega bo‘ldi. Biroq bu unga yakuniy jadvalda 3-o‘rinni egallash uchun yetarli bo‘lmadi.

Quyida kim kimga ovoz bergani bilan tanishib olishingiz mumkin:





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Iyul oyining eng yaxshi futbolchisi" aniqlandi