16:31 / 14.08.2018
3 932

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ bugun Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz Bangladesh olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Gollarga Zabihullo O‘rinboyev (24), Doston Hamdamov (57) va Ikrom Aliboyev (67) mualliflik qilishdi.

Keyingi uchrashuvni Ravshan Haydarov shogirdlari 16 avgust kuni Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Osiyo o‘yinlari

O‘zbekiston OTJ – Bangladesh OTJ 3:0
Gollar:
Zabihullo O‘rinboyev (24), Doston Hamdamov (57), Ikrom Aliboyev (67)

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobur Abduxoliqov, 69), Javohir Siddiqov (Xurshid G‘iyosov, 79), Ikrom Aliboyev, Doston Hamdamov (Aziz Turg‘unboyev, 64), Dostonbek Tursunov.
Bangladesh OTJ: Ashraf Rana, Rahmat Mia, Jamal Buyan, Hussayn Badsha, Topu Barman, Maxbubur Rahmon, Rahmon Fahad, Saad Uddin, Miah Zoni, Bashvanat Gosh, Ahmad Biplo.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi